“Tolibon” Karzay va Abdulla uy qamog‘iga olingani haqidagi xabarga munosabat bildirdi
Olam
−
27 avgust 2021
12683Afg‘onistonning obiq Prezidenti Hamid Karzay va Milliy yarashuv oliy kengashining rahbari Abdulla Abdulla o‘z ixtiyoriga ko‘ra Qobulda bo‘lib turibdi, deya ma’lum qildi “Tolibon” harakati rasmiy vakili Muhammad Naim obro‘li siyosiy figuralarning uy qamog‘ida saqlanayotgani haqidagi xabarlarni rad qilib.
“Bu xabarlar noto‘g‘ri. Men bulardan maqsad nima ekanini bilmayman. Ularga nisbatan cheklov qo‘yilgani quruq gap”, degan Naim.
Naim Karzay, Abdulla va bara afg‘onlarning xavfsizligi “Tolibon” zimmasida ekanini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq. G‘arb OAVda “Tolibon” harakati Karzay va Abdullaning qo‘riqchilarini qurolsizlartirib, ularni uy qamog‘iga ogani haqida xabar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning may oyida AQSH boshliq xalqaro koalitsiya kuchlari Afg‘onistonni tark etishni boshlashi bilan "Tolibon" harakati hukumat nazoratidagi hududlarni egallab ola boshladi. Avgust oyiga kelib, toliblar yirik shaharlarga yurish boshladi.
Oradan ko‘p o‘tmay, joriy yilning 15 avgust kuni Qobulning “Tolibon” qo‘liga o‘tishi bilan Afg‘onistonda harakat hokimiyati o‘rnatildi. Prezident Ashraf G‘ani esa iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. Hokimiyatni "Tolibon"ga o‘tishini ta’minlash uchun Muvofiqlashtirish kengashi tuzilib, unga Abdulla Abdulla va Hamid Karzay kiritilgandi.
Joriy yilning 19 avgust kuni esa harakat rasmiy bayonot bilan chiqib, mamlakatda Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. "Tolibon" vakili Vohidulla Hoshimiy harakat Afg‘onistonda demokratik davlat qurmasligini ma’lum qildi.
LiveBarchasi