“Tolibon” Qobul xavfsizligi uchun maxsus komissiya tuzdi 

Olam

image

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati Qobul xavfsizligini ta’minlash uchun maxsus komissiya tuzdi. Bu haqda Afg‘onistonning “Aamaj News” agentligi xabar bergan.  

“Vazirlar muvaqqat kabineti raisi o‘rinbosari mulla Abdul G‘ani Barodar boshchiligida poytaxt xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha maxsus komissiya tuzildi”, deyilgan xabarda.  

Ta’kidlanishicha, komissiya Qobuldagi tahdidlarning, xususan, qurolli hujumlar, raketa hujumlari yoki ekstremistlarning terror hujumlarini oldini olish uchun tuzilgan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15 avgust kuni mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqatni shakllantirdi


Maqola muallifi

Teglar

Qobul Tolibon

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing