“Tolibon”dan kutilmagan bayonot: harakat G‘ani hukumati qulashini istamagan

Olam

image
0:00
0:00
download

Afg‘onistonning avvalgi hukumati qulashi fuqarolar manfaatlariga javob bermadi va mamlakatga zarar yetkazdi. Bu haqda “Tolibon” harakati vakili Zabihulla Mujohid ma’lum qildi.  

“Mening fikrimcha, bu Afg‘onistonga zarar yetkazdi, chunki agar urush to‘xtatilganda va biz konstruktiv muzokaralar boshlaganimizda, vaziyat hozirgi ahvoldan yaxshi tomonga o‘zgarar edi. Natijada idoralarning qulashi va odamlarning mamlakatdan qochib ketishining oldini olish mumkin edi”, degan Mujohid. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi hukumatda hali ham ba’zi o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin, ammo, boshqa mamlakatlarning yangi Afg‘oniston hukumatining alohida a’zolaridan noroziligini qabul qilib bo‘lmaydi. 

Bundan tashqari, Mujohid mamlakatga moliyaviy yordam berishni to‘xtatgani, shuningdek boshqa davlatlarga Afg‘oniston muvaqqat hukumatini tan olmaslikka chaqirgani uchun AQSHni tanqid qilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 15 avgust kuni mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqat hukumatni shakllantirdi

Qayd etish kerakki, toliblar Afg‘onistonda hokimiyatga kelgach, chet davlatlar hamda xalqaro tashkilotlardan kelayotgan yordam to‘xtab qoldi. Bundan tashqari, minglab afg‘onlar vatanini tark etdi va bu jarayon hali ham davom etmoqda. Toliblarni Afg‘onistonda tarafdorlari ko‘pligiga shubha yo‘q, biroq ular hokimiyatga kelgach ko‘plab qiyinchiliklarga uchramoqda. Ayniqsa, moliyaviy tomondan yo‘qotishlar katta.

Shunday bir davrdan jahon hamjamiyati Afg‘onistonni bee’tibor qoldirmoqchi emas. Bunday xatoga dunyo yetakchilari avval yo‘l qo‘ygan. Buning oqibatlari ayniqsa AQSHning esidan chiqmaydi. Afg‘oniston terrorchi guruhlar uyasiga aylanmasligi uchun jahon yetakchilari “Tolibon” bilan ishlamoqchi, hatto ushbu harakat BMT tomonidan terrorchilik tashkiloti, deb tan olingan bo‘lsa ham.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

755

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing