“Tolibon” ayollarga ayollar bilan gaplashishni ham taqiqladi
Olam
−
28 Oktabr
5847Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati ayollarga nafaqat erkaklar, balki ayollar bilan ham ochiqchasiga gaplashishni taqiqladi. Bu haqda muvaqqat hukumatning ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish bo‘yicha vaziri vazifasini bajaruvchi Xolid Hanafiyga tayanib, “Bild” xabar berdi.
Vazirning bayonotiga ko‘ra, ayollar o‘z ovozini boshqa ayollar eshitishga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Shu boisdan Afg‘onistondagi ayollar Qur’onni ayollar bor joyda ovoz chiqarib o‘qishdan ham tiyilishi lozim.
2021 yil avgust oyida Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyatni qo‘lga kiritganidan beri bu mamlakatda ayollarga ta’lim olish, erkak hamrohligisiz sayohat qilish va jamoat joylarida, ayniqsa erkaklar bilan gaplashish hatto savdolashish ham taqiqlangan. Shuningdek, ularga паркларга tashrif buyurish, suzish yoki sport bilan shug‘ullanish man etiladi. Go‘zallik salonlari ham taqiqlangan. Ayollar paranjilarsiz ko‘chada yura olmaydi. Ammo shu bilan birga, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik to‘g‘risidagi qonun bekor qilingan. Bungacha ayollar ko‘pincha ommaviy ravishda kaltaklanardi va g‘ayriislomiy xatti-harakatlar uchun qamoqqa tashlanardi.
LiveBarchasi