“Tolibon” AQSH dronlari Afg‘oniston chegarasini buzganini ma’lum qildi
Olam
−
29 Sentabr 2021
7144Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati AQSHni o‘z dronlari bilan Afg‘oniston havo hududiga noqonuniy ravishda bostirib kirishda aybladi. Tegishli bayonot toliblar vakili Zabihulla Mujohid tomonidan e’lon qilingan.
“Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘oniston Islom Amirligining suverenitetini va xalqaro huquq me’yorlarini buzib, o‘z dronlarini bizning havo maydonimizga yubordi. Bunday hodisalarni to‘xtatish kerak. Biz AQSHni Doha kelishuvlariga (“Tolibon” va Vashington o‘rtasidagi — tahr.) rioya qilishga chaqiramiz. Aks holda, bu yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin”, deyilgan xabarda.
Shuningdek, Afg‘oniston Islom Amirligi Afg‘onistonning quruqligi va havo hududi uchun to‘liq javobgarlikni olgani ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 29 fevralda AQSH Prezidenti Donald Tramp boshchiligidagi avvalgi hukumat va toliblar Dohada tinchlik bitimini imzolagan.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15 avgust kuni mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqatni shakllantirdi.
LiveBarchasi