Tokio-2020: Shirin Sharipov yarim finalga yo‘l oldi
Sport
−
29 avgust 2021
2639Bugun, 29 avgust kuni Tokio-2020 Paralimpiadasining para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida +100 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Shirin Sharipov yarim finalga yo‘l oldi.
U chorak finalda kubalik Yordani Fernandesga qarshi tatamiga chiqdi. “Oltin ochkolar”ga qadar davom etgan kurashda Sharipov raqibini vazari bahosi evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Shirin Sharipov Rio Paralimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Ma’lumot uchun, erkaklar o‘rtasida 100 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Sharif Halilov chorak finalda Buyuk Britaniya vakili Kristofer Skelliga, 90 kg vazn toifasida Shuhrat Boboyev britaniyalik Elliot Styuartga imkoniyatni boy berib, bronza medali uchun o‘tish bahsida ishtirok etadi.
LiveBarchasi