Avstraliyalik Paralimpiada chempioni vafot etdi

Sport

image

Tokio-2020 Paralimpiada o‘yinlarida Avstraliyaga ilk oltin medalni olib bergan para-velosipedchi Peyj Greko 28 yoshida vafot etdi. Bu haqda “SBS Australia” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Greko 16 noyabr kuni Adelaidadagi uyida “to‘satdan yuzaga kelgan tibbiy holat” tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Greko so‘nggi bor 2025 yil avgust oyida Belgiya mezbonlik qilgan UCI para-velosport bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etib, shosseda bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Tokio-2020 Paralimpiadasida Greko ayollar C1–C3 toifasida 3000 metrga individual poygada jahon rekordini yangilab, oltin medalni qo‘lga kiritgandi. Shuningdek, u C1–C3 shosse poygasi va vaqt sinovida bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi. Avstraliya Paralimpiya qo‘mitasi bosh direktori Kemeron Myurrey uni “aqlli, xotirjam va boshqalarga ilhom bag‘ishlaydigan sportchi” sifatida e’tirof etdi.

Miya falaji bilan tug‘ilgan Greko dastlab para-yugurish bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etgan. 2016 yil Rio o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagach, e’tiborini velosportga qaratgan va qisqa vaqt ichida jahon sahnasiga ko‘tarilgan edi. Greko 2022 yilda Avstraliya ordeni bilan taqdirlangan.
Paralimpiada qo‘mitasi avstraliyalik sportchining yaqinlariga yordam berishda davom etishini va uning merosiga hurmat bajo keltirilishini ma’lum qildi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Serbiyaning “Radnichki 1923” jamoasi bosh murabbiyi, 44 yoshli bosniyalik mutaxassis Mladen Jijovich milliy chempionat doirasidagi “Mladost Luchani”ga qarshi o‘yin davomida yurak xurujidan vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

vafot etdi Tokio-2020 Peyj Greko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing