Meksikada qurolli şaxslar futbolçi va uning murabbiyini otib öldirdi
Sport
−
442 2 daqiqa
Meksikada mototsiklda harakatlangan qurolli şaxslar öyindan keyin 26 yoşli futbolçi va uning murabbiyini otib öldirdi. Hodisa oqibatida yana bir kişi jarohat oldi. Bu haqda “Daily Mail” naşri xabar berdi.
Naşrning ma’lum qilişiça, fojia Irapuato şahridagi “La Estrelya” futbol maydonlarida sodir bölgan.
“El More” laqabi bilan tanilgan sobiq professional futbolçi Luis Alberto Rios Çaves örtoqlik uçraşuvidan keyin ön nafarga yaqin dösti bilan vaqt ötkazayotganida bir guruh şaxslar kelib töxtagan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, hujumçilardan biri futbolçining laqabini baqirib aytgan. U ortiga ögirilganidan söng, jinoyatçilar öq uzişgan mototsikllarda voqea joyidan qoçib ketgan. Rios voqea joyida halok bölgan. Öqlardan biri uning döstlaridan biriga ham tekkan. Jabrlanuvçi şoşilinç ravişda kasalxonaga yetkazilgan.
2019 yilda 26 yoşli futbolçi uçinçi divizionda iştirok etuvçi “Atletiko San-Fransisko-del-Rinkon” (“Los Bruxos”) klubi bilan çempionlikni qölga kiritgan. Keyinçalik u “Arandas” klubida havaskorlar darajasida töp surgan va “Loros” futbol akademiyasida murabbiylik qilgan.
Uning xotirasiga hurmat sifatida “Arandas” klubi ijtimoiy tarmoqlardagi profil rasmiga qora tasma qöşdi.
Politsiya hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda. Hujum sababi hozirça aniqlanmagan. Qölga olinganlar haqida ham ma’lumot berilmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston terma jamoasining sobiq futbolçisi, 1994 yilgi Osiyo öyinlari ğolibi Sergey Lebedev vafoti etgandi.
Live
Barçasi