Avstraliyada 22 yoşli çavandoz ot poygasi vaqtida yiqilib, vafot etdi
Sport
−
12:52 588 1 daqiqa
Avstraliyadagi poyga vaqtida 22 yoşli çavandoz Izzi Nil otdan yiqilib, vafot etdi. Bu haqda marhumaning oilasi bayonotiga tayanib, “Racing NSW” naşri xabar berdi.
Naşr ma’lumotiga köra, voqea joriy yilning 8 noyabr kuni Uorren şahrida bölib ötgan Cotton Cup musobaqasi vaqtida sodir bölgan. Nil 1600 metrlik poygada iştirok etayotganida, marraga 400 metr qolganida otidan yiqilib, boşidan jarohat olgan.
Unga voqea joyida birinçi tibbiy yordam körsatilgan va keyin vertolyotda Dabbo şahridagi şifoxonaga olib ketilgan. Biroq u şifoxonada vafot etgan.
Nilning Marnu ismli oti oldingi oyoğidan jarohat olgani sababli evtanaziya qilingan. Oila bayonotida Nil öz a’zolarini donorlikka beriş orqali boşqa insonlarga yaşaş imkoniyatini taqdim etişi aytilgan.
“Bu oğir yöqotişni boşdan keçirayotgan oilamizga biroz tasalli beradi”, deyiladi bayonotda.
Ma’lumot uçun, Nil çavandozlik faoliyatini havaskor sifatida boşlagan va professional çavandoz sifatidagi ilk ğalabasini 2024 yil fevral oyida qölga kiritgan. Uning ilk yirik muvaffaqiyati 2025 yil iyul oyida Rosahill poyga maydonida ğolib bölganida qayd etilgan. U professional faoliyati davomida jami 88 ta ğalabaga erişgan.
Live
Barchasi