Uç oy komada yotgan irlandiyalik boksçi vafot etdi
Sport
−
15:36 530 1 daqiqa
Keça, 16 noyabr kuni irlandiyalik boksçi Li Rivz sönggi jangida olgan oğir boş jarohati oqibatida uç oylik komadan söng vafot etdi. Bu haqda “The Ring” jurnali xabar berdi.
Fojia 2026 yil 1 avgust kuni Dublinda Rivzning hamyurti Gari Kalliga qarşi jangida yuz bergan. Öninçi raundda raqibining kuçli zarbalaridan keyin Rivz oğir nokautga uçragan. Jang töxtatilib, u zudlik bilan şifoxonaga olib ketilgan.
Tibbiy tekşiruvlar boksçining boş miyasi jiddiy şikastlanganini körsatgan. U şoşilinç operatsiya qilinganidan söng sun’iy komaga tuşirilgan. Keyinçalik u Dublindan Limerik universitet şifoxonasiga köçirilgan.
Şifokorlar uç oy davomida uning hayotini saqlab qoliş uçun kuraşgan. Joriy yilning oktyabr oyida ahvolida dastlabki ijobiy özgarişlar kuzatilgan, ammo keyinçalik infeksiya sabab vaziyat oğirlaşgan. Keça, 16 noyabr kuni boksçining yuragi töxtagan. U yaqinlari qurşovida hayotdan köz yumgan.
Ma’lumot uçun, Li Rivz havaskor boks böyiça Irlandiyaning beş karra çempioni bölgan. U professional faoliyatini 2018 yil noyabr oyida boşlagan. Prof boksda Rivz 18 ta jang ötkazib, 16 tasida ğalaba qozongan, şularning 11 tasida raqiblarini nokautga uçratgan.
Live
Barchasi