Ukraina Paralimpiadani boykot qilmoqchi
Sport
−
20:10 449 1 daqiqa
Ukraina Sport vaziri Matvey Bedniy mamlakat rasmiylari kelasi oy o‘tadigan Milan–Kortina Paralimpiadasi ochilish marosimi va musobaqalarini boykot qilishini ma’lum qildi. Bunga Rossiya va Belarus sportchilarining musobaqada ishtirok etishiga ruxsat berilgani sabab bo‘lgan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Bedniy aytishicha, ukrainalik para sportchilar 6–15 mart kunlari o‘tadigan o‘yinlarda qatnashadi, biroq birorta ham rasmiy delegatsiya vakili tadbirlarda hozir bo‘lmaydi. Bu qaror siyosiy norozilik belgisi sifatida qabul qilingan.
Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi kecha, 17 fevral kuni kuni qabul qilgan qarorga ko‘ra, Rossiya va Belarusdan jami 10 nafar paraatlet musobaqalarda qatnashadi. Ularning ishtiroki Kiyevda keskin munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
Live
Barchasi