O‘zbekistonlik sportchi qishki Paralimpiya o‘yinlarida startga chiqdi

Sport

image

Bugun, 11 mart kuni Milan-Kortina-2026 qishki Paralimpiadasi doirasida para tog‘ chang‘isi bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi bellashuvlar boshlandi. Kun doirasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Yulduz Maxmudova gigant-slalom dasturi bahslarida startga chiqdi.

“Tofane Alpine Skiing Centre” majmuasida tashkil etilayotgan musobaqadagi ilk urinishida Yulduz Maxmudova 1:46.64 soniyada marra chizig‘ini kesib o‘tdi. Maxmudovani oldinda ikkinchi bosqich kutib turibdi. Uningning keyingi chiqishi Toshkent vaqti bilan 16:45 dan so‘ng boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiada tog‘ chang‘isi O‘zbekiston nomidan Medet Nazarov ishtirok etgan edi. Nazarov gigant-slalom dasturi bahslarida yakunda 35-o‘rindan joy olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Paralimpiada Yulduz Maxmudova para tog' chang'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing