Qishki Paralimpiya o‘yinlarida 2 nafar o‘zbekistonlik sportchi qatnashadi
Sport
−
27 fevral 2763 1 daqiqa
O‘zbekiston delegatsiyasi Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlarida bo‘lib o‘tadigan XIV qishki Paralimpiya o‘yinlariga 2 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, para tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari – Yulduz Maxmudova hamda Firdavs Xudoyatov Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga ega bo‘lgan.
Ushbu ikki nafar sportchi to‘rt yillikning eng muhim qishki Paralimpiya o‘yinlarida gigant-slalom dasturida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Ma’lumot uchun, XIV qishki Paralimpiya o‘yinlari joriy yilning 6–15 mart kunlari Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Milan va Kortina-d’Ampetssoda bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiya o‘yinlarida Medet Nazarov va Daniil Yeybog O‘zbekiston nomidan musobaqalarda ishtirok etgan edi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr