O‘zbekistonning Paralimpiadadagi ishtiroki yakunlandi

Sport

image

Kecha, 13 mart kuni qishki Paralimpiya o‘yinlarida para tog‘ chang‘isi bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi bahslar bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Firdavs Xudoyatov Milan–Kortina–2026 Paralimpiadasidagi para tog‘ chang‘isi dasturida ishtirok etdi va musobaqa bilan xayrlashdi. 

Kortina-d’Ampetsso shahridagi (Italiya) “Tofane Alpine Skiing Centre” sport majmuasida XIV qishki Paralimpiya o‘yinlari doirasida para tog‘ chang‘isi bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi gigant slalom bahslariga yakun yasaldi.  Bahslarda ishtirok etgan 21 yoshli o‘zbekistonlik para tog‘ chang‘ichisi Firdavs Xudoyatov gigant-slalom dasturi bo‘yicha o‘zining ilk chiqishida 1:32.12 soniya natija qayd etdi. 2-startida Xudoyatov 1:35.20 soniyada marra chizig‘ini kesib o‘tdi. Bu esa medallar uchun kurashda yetarli bo‘lmadi, shu tariqa o‘zbekistonlik sportchilarning qishki Paralimpiyadadagi ishtiroki yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 mart kuni ham Yulduz Maxmudova gigant-slalom dasturi bo‘yicha musobaqada ishtirok etgan edi va u o‘zining dastlabki startida 1:46.64 soniyada marra chizig‘ini kesib o‘tdi.  Yulduz Maxmudova ikkinchi startda 1:47.77 soniyada marraga yetib keldi, lekin bu natija ham Yulduz uchun medallar kurashida yetarli bo‘lmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Paralimpiya Yulduz Maxmudova Firdavs Xudoyatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing