Paralimpiya o‘yinlarida noodatiy holat: kyorling toshlari o‘g‘irlab ketildi

Sport

image

Kecha, 4 fevral kuni Italiyada bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlari norasmiy ravishda start oldi. Dastlabki kun doirasidagi kyorling musobaqasida ishlatiladigan ikkita tosh o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, musobaqaning birinchi kunida Olimpiya stadionidan og‘irligi taxminan 20 kilogramm bo‘lgan granit toshlar yo‘qolgan. Hozirda mahalliy huquq-tartibot organlari ushbu holat yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.

Jahon kyorling federatsiyasi bayonotiga ko‘ra, zaxira toshlar ishga tushirilgan va ular qolgan inventar bilan bir xil holatga keltirilgan. Shu sababli musobaqa jarayoniga jiddiy ta’sir ko‘rsatmagan.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi qishki Paralimpiya o‘yinlari Milan va Kortina d’Ampetsso shaharlarida 6-15 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu musobaqalarda para tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari – Yulduz Maxmudova hamda Firdavs Xudoyatov Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Paralimpiya o'g'irlab ketildi kyorling

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing