Kanadalik kyorlingchilar firibgarlikda ayblanmoqda

Sport

image

Shvetsiya erkaklar kyorling terma jamoasi bosh murabbiysi Fredrik Lindberg kanadaliklarni 2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining guruh bosqichidagi o‘yinida firibgarlikda aybladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Kecha, 13 fevral kuni shvedlar Kanadaga 6:8 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdan keyin Shvetsiya OAVlari kanadalik o‘yinchilar o‘yin davomida toshlarga bir necha bor tegib ketganiga oid dalillarni taqdim etganini, biroq hakamlar buni qoidabuzarlik sifatida baholamaganini ma’lum qildi.

“Biz ularning nima qilayotganini bilamiz va buni ilgari ham ko‘rganmiz. Buni qiladigan ayrim o‘yinchilar borligini ham bilamiz. Istasak, ularning ismlarini aytishimiz mumkin, ammo bunga qiziqmaymiz. Biz Xalqaro kyorling federatsiyasini bu muammoni hal qilishga undashga harakat qildik, lekin yirik tashkilotlarda ishlar sekin kechmoqda”, deydi Lindberg.

Shvetsiya terma jamoasi a’zosi Oskar Eriksson ham hakamlikdan norozi bo‘ldi:

“Bosh hakam qoidalarni bilmasdi, hatto biz ularni tuzatishga majbur bo‘ldik. Keyin esa hakamlar biror chora ko‘rishdan qo‘rqishdi”, deydi u.

Ma’lumot uchun, shvedlar amaldagi Olimpiya chempionlari hisoblanadi. Ular joriy turnirni ketma-ket uchta mag‘lubiyat bilan boshlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shvetsiya Olimpiada kyorling

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing