Bugun O‘zbekiston qishki Paralimpiyadagi ishtirokini boshlaydi

Sport

−

image

Bugun, 12 mart kuni O‘zbekiston delegatsiyasi qishki Paralimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini boshlaydi. Para tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Yulduz Maxmudova Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlari mezbonligidagi qishki Paralimpiadada startga chiqadi. 

O‘zbekistonlik para tog‘ chang‘ichisi ishtirokidagi gigant-slalom dasturi Toshkent vaqti bilan 13:25 da start olishi belgilangan.

Paralimpiadada para tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari – Yulduz Maxmudova hamda Firdavs Xudoyatov O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda.

Har ikkala sportchi ham to‘rt yillikning eng muhim qishki Paralimpiya o‘yinlarida gigant-slalom dasturida ishtirok etadi.

Firdavs Xudoyatovning chiqishi ertaga, 13 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 6 mart kuni rasman start olgan XIV qishki Paralimpiya o‘yinlari joriy yilning 15 mart kuniga qadar Italiyaning M va Kortina-d’Ampetsso shaharlarida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing