O‘zbekiston qishki Paralimpiada ochilish marosimida ishtirok etdi (video)

Sport

image

Kecha, 6 mart kuni Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlari mezbonlik qilayotgan XIV qishki Paralimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston sport delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Marosimda para tog‘ chang‘isi bo‘yicha terma jamoa a’zolari Firdavs Xidoyatov hamda Yulduz Mahmudova chiqish qildi. O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev ham tadbirda ishtirok etib, tantanali marosimni bevosita “Verona Arena” inshootidan kuzatib bordi.

Ma’lumot uchun, kecha, 6 mart kuni rasman start olgan XIV qishki Paralimpiya o‘yinlari joriy yilning 15 mart kuniga qadar Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Milan va Kortina-d’Ampetssoda bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiya o‘yinlarida Medet Nazarov va Daniil Yeybog O‘zbekiston nomidan musobaqalarda ishtirok etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Paralimpiya Firdavs Xidoyatov Yulduz Mahmudova “Verona Arena”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing