Paralimpiya terma jamoalari markazi tashkil etiladi
Sport
−
10:55 820 1 daqiqa
O‘zbekistonda Paralimpiya terma jamoalari markazi tashkil etiladi. Bu 11 dekabr kuni qabul qilingan “Paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida belgilangan.
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan paralimpiya sport turlari bo‘yicha respublika terma jamoalarini shakllantirishning quyidagi yangi tartibi joriy etiladi:
- paralimpiya sport turlari bo‘yicha terma jamoalarni shakllantirishda sportchilarning tegishli sport musobaqalaridagi natijalari bilan birga sport normativlarini bajarishi natijasi ham inobatga olinadi;
- sport terma jamoalari sport normativlariga muvofiq shakllantiriladigan paralimpiya sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi chempionati yoki kubogi o‘tkazilishi majburiy hisoblanmaydi;
“ERP-sport” elektron boshqaruv tizimida paralimpiya sport turlari bilan shug‘ullanayotgan sportchilarning sport natijalari kiritib boriladi va ularning sport normativlarini bajarishi ustidan monitoring yuritish uchun zarur texnik imkoniyatlar yaratiladi.
Shuningdek, Paralimpiya terma jamoalari markazi tashkil etiladi.
Paralimpiya markazi Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Olimpiya shaharchasiga joylashtiriladi.
Live
Barchasi