Ronaldu olti oyga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin

Sport

−

image

Besh karra “Oltin to‘p” sohibi Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasining mashg‘ulot lagerini o‘zboshimchalik bilan tark etgani uchun diskvalifikatsiya qilinishi va jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda Portugaliya Futbol federatsiyasi (FPF) Intizom reglamentiga tayanib, “A Bola” va CNN Portugal manbalari xabar berdi.

Reglamentga ko‘ra, terma jamoaga chaqirilib, milliy terma jamoaning mashg‘uloti, o‘yini yoki tadbirini o‘zboshimchalik bilan tark etgan o‘yinchi bir oydan olti oygacha muddatga diskvalifikatsiya va 500 yevrodan 1 ming yevrogacha jarima bilan jazolanadi.

41 yoshli Ronaldu 27 sentyabr kuni so‘nggi 18 yil ichida ilk bor butun o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi. Keyinchalik jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezushning matbuot anjumanidan so‘ng (unda murabbiy futbolchi bilan hech qanday konflikt yo‘qligini, ammo o‘yinchi Daniyaga qarshi bo‘lajak o‘yinga tushmasligini aytgan edi), Ronaldu Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etdi va o‘zi uchun Madriddan samolyot chaqirtirdi. Futbolchi o‘z qarori sabablarini keyinroq aytib berishni va’da qildi.

Jezush va FPF prezidenti Pedru Proensaning aeroportning o‘zida uni terma jamoa qarorgohida qolishga ko‘ndirishga bo‘lgan urinishlariga qaramay, Ronaldu uchib ketdi.

Ma’lumot uchun, futbolchi hisobida milliy terma jamoa safida o‘tkazilgan 234 ta o‘yinda jami 146 ta gol bor. Portugaliyaliklar bugun, 1 oktyabr kuni Kopengagenda daniyaliklarga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronaldu UEFA Millatlar ligasining 3-turidan o‘rin olgan Daniyaga qarshi o‘yin arafasida milliy terma jamoa qarorgohini tark etganini e’lon qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing