Klopp Germaniya terma jamoasi murabbiylikdagi so‘nggi ishi bo‘lishini aytdi

Sport

image

Germaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Yurgen Klopp milliy jamoadagi faoliyati murabbiylikdagi so‘nggi ishi bo‘lishini aytdi. Bu haqda Klopp matbuot anjumanida so‘z ochdi.

“Meni ko‘rishni istamagan kuningiz, hech qanday tovon puli yoki qo‘shimcha talablarsiz ketaman. Agar ertaga men yaxshi ishlamayapman, desangiz, ketaman. Lekin buni bir kishi emas, jamoatchilik aytishi kerak. Agar Germaniya futbol assotsiatsiyasi men o‘z vazifamni uddalay olmayapman deb hisoblasa, ketaman.

Agar siz, jurnalistlar, o‘zingizni nohaq tutsangiz va oilamni tinch qo‘ymasangiz, men ham ketaman. Agar biror narsa o‘xshamasa, meni tanqid qiling. Bu ustida ishlashga tayyorman. Eng muhimi — ishlash.

Men terma jamoadan keyin faoliyatim davom etadi, deb o‘ylamayman. Ideal holatda, bu mening murabbiylik faoliyatimdagi eng yuksak cho‘qqi bo‘ladi”, deydi Klopp.

59 yoshli mutaxassis so‘nggi marta “Liverpul”ni boshqargan. U 2015–2024 yillar davomida jamoa bilan Chempionlar ligasi (2019), Angliya Premer-ligasi (2020), Angliya Kubogi (2022), Angliya Liga kubogi (2022 va 2024), Angliya Superkubogi (2022), UEFA Superkubogi (2019) hamda Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati (2019) bosh sovrinlarini qo‘lga kiritgan.

Klopp 2019 va 2020 yillarda FIFA tomonidan “Yilning eng yaxshi murabbiyi” deb e’tirof etilgan. “Liverpul”ni tark etgach, u Red Bull futbol loyihalari bo‘yicha global rahbar sifatida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasining bosh murabbiyi etib, tayinlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing