Tog‘li Qorabog‘ning sobiq rahbari Arutyunyan terrorizmda ayblanib, qo‘lga olindi

Olam

image

Ozarbayjon Bosh prokuraturasi (BP) va Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining sobiq rahbari Araik Arutyunyan hibsga olinganini ma’lum qildi. Unga boshqa moddalar qatorida tajovuzkor urush va terrorchilik tashabbusi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. 

“Joriy yilning 3 oktyabr kuni Araik Arutyunyan Xonkendi shahrida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi”, deyiladi BP xabarida. 

Bosh prokuratura va Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Arutyunyanga nisbatan Ozarbayjon Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. Bunga “tajovuzkor urushni rejalashtirish, tayyorlash, boshlash yoki olib borish”, “qurolli mojarolar vaqtida xalqaro gumanitar huquqni buzish”, “qurolli mojaro paytida harakatsizlik yoki jinoiy buyruqlar berish”, “qasddan qotillik”, “terrorizm”, “terrorizmni moliyalashtirish” va “terrorizm maqsadida mashg‘ulotlar o‘tkazish” kiradi.  

U shuningdek, “jinoiy hamjamiyatni tashkil etish” va “qonunda ko‘zda tutilmagan qurolli tuzilmalar yoki guruhlar tuzish”da ayblanmoqda. 

“Tergov davomida Xonkendi shahrida tug‘ilgan Arayik Arutyunyan tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining “prezidenti” sifatida Ozarbayjon hududida tajovuzkor urush olib borishda qatnashgan, yollanma askarlarni jalb qilish, tayyorlash va moliyalashtirish, shuningdek, ulardan harbiy mojarolar va harbiy harakatlarda foydalanishni tashkil etishda qatnashgan, xalqaro gumanitar huquq normalarini buzgan, jinoiy buyruqlar bergan, degan asosli shubhalar aniqlangan”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Arutyunyan terror xurujlarini amalga oshirish maqsadida Ozarbayjon hududlarini konlarni qazishni tashkil qilish, shuningdek, 2020 yil oktyabr oyida Ganja shahri va Barda viloyatining aholi punktlariga raketalardan otilgan, ko‘plab tinch aholi qurbonlari va fuqarolik infratuzilmasi vayron bo‘lishiga olib kelgan teraktlarni uyuushtirishda gumon qilinmoqda.

“2020 yil 28 oktyabrda sud qarori bilan Arutyunyanga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan, u xalqaro qidiruvga berilgan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 sentyabriga o‘tar kechasi Qorabog‘da Armaniston Qurolli kuchlarining qo‘poruvchi-diversiv guruhi tomonidan o‘rnatilgan tankka qarshi mina portlab ketishi ortidan olti nafar ozarbayjonlik halok bo‘lgandi. O‘sha kuni Baku “mahalliy aksilterror choralari” boshlanganini e’lon qildi va arman harbiylarini mintaqadan olib chiqib ketishni talab qildi. Yerevan Qorabog‘da arman Qurolli kuchlari yo‘qligini ta’kidlab, sodir bo‘layotgan voqealarni “keng ko‘lamli tajovuz” deb atadi. 20 sentyabr kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabog‘da aksilterror tadbirlarini to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. 28 sentyabr kuni xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi uning rahbari Samvel Shahramanyan tomonidan imzolangan farmon bilan tugatildi. Shundan so‘ng, Armaniston Qorabog‘dagi armanlarga nisbatan irqiy kamsitishlar ayblovi bilan Ozarbayjonga qarshi Gaaga xalqaro arbitraj sudiga da’vo arizasi kiritdi. Ozarbayjon tomoni mazkur holatga izoh berib, da’voning asossiz va bema’ni ekanini bildirdi. 29 sentyabr kuni Ozarbayjon BMT missiyasini Qorabog‘ga taklif qildi va BMT delegatsiyasi tan olinmagan va tugatilgan Tog‘li Qorabog‘ga bordi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston Tog'li Qorabog' Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing