TIV xodimini shilqimlikda ayblagan polshalik jurnalistga akkreditatsiya berildi

Jamiyat

image

Bugun, 3 fevral kuni Tashqi ishlar vazirligi polshalik jurnalist Agniyeshka Pikulitska-Vilchevskani “Al Jazeera” telekanalining (Qatar) O‘zbekistondagi muxbiri sifatida akkreditatsiya qildi.

Polshalik xalqaro mustaqil jurnalist Agniyeshka Pikulitska-Vilchevska O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi unga akkreditatsiya berishni rad etgani va o‘tgan yil akkreditatsiya olganidan so‘ng vazirlikdan biriktirilgan xodim unga shilqimlik qilib, o‘pishga uringanini aytib chiqqandi.

Shundan so‘ng, bu holat shov-shuvga sabab bo‘ldi. Vaziyat yuzasidan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva munosabat bildirdi va aybdor jazolanishini ta’kidladi.

Bu orada Pikulitska TIVga chaqirtirildi. Ammo tashkilotdagilar jurnalist aytayotgan xodimni tanimasligini, shuning uchun uni javobgarlikka tortish imkonsizligini aytgani haqida xabar berildi.

Oradan ko‘p o‘tmay, TIVning rasmiy bayonoti e’lon qilindi. Unda vazirlik jurnalist ayoldan uzr so‘rab, avval topilmagan “shilqim” xodim ishdan bo‘shatilganini bildirdi.

Bo‘ladigan ish bo‘lib o‘tganidan keyin O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi holat yuzasidan bayonot berdi va akkreditatsiya masalasi ijobiy hal qilinishiga umid bildirdi.

Ammo jurnalistga shilqimlik qilishda ayblangan xodimni qonunan jazolash masalasi hamon ochiq qolyapti. Agar u haqiqatan tegajog‘lik qilgan bo‘lsa, ishdan bo‘shash bilan qutilib qolmasligi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Agnieshka Pikulitska-Vilchevska

Baholaganlar

198

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar