AOKA jurnalistga shilqimlik qilgan xodim jazolanganidan so‘ng tilga kirdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Agneshka Pikulitska-Vilchevskining akkreditatsiyadan o‘tishi bilan bog‘liq muammolar mavjudligi haqida ma’lumotlar e’lon qilinishi bilanoq AOKA shu zahoti Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmatiga murojaat qilib, ko‘tarilgan masalani har tomonlama o‘rganish va unga aniqlik kiritishni so‘ragan. Bu haqda agentlikning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

“Agentlik TIV axborot xizmatining tezkor munosabati va xorijlik jurnalistdan bo‘lib o‘tganlar uchun uzr so‘rashini ma’qullaydi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Agneshka Pikulitska-Vilchevskining jurnalistlik akkreditatsiyasini rasmiylashtirish jarayoni ijobiy yakunlanishiga umid qiladi”, deyiladi bayonotda.

Bundan tashqari, agentlik yana bir bor barcha davlat organlarini jurnalistlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi milliy qonunchilikni hurmat qilishga va unga qat’iy rioya qilishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ilgari TIV huzurida “Al-Jazeera” telekanali muxbiri sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan Agneshka Pikulitska-Vilchevska o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi chet ellik jurnalistdan hodisa uchun uzr so‘radi.

Mazkur muxbir tomonidan tilga olingan vazirlik xodimi Tashqi ishlar vazirligi tizimidan bo‘shatilgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

890

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing