TIV Eron va Isroildagi o‘zbekistonliklarga murojaat qildi
Jamiyat
−
13 iyun
3001Eron atrofidagi vaziyatning keskinlashishi va Eron hamda Isroilda raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan ushbu ikki davlatda yashovchi O‘zbekiston fuqarolaridan xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilish so‘raldi. Tegishli bayonotni bugun, 13 iyun kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov e’lon qildi.
“Zaruratga qarab Eronda istiqomat qiluvchilar bomba boshpanalariga tezlik bilan kirish, Isroilda esa front orti qo‘mondonligi ogohlantirishlariga amal qilish lozim”, deydi TIV voizi.
Har ikki davlatdagi o‘zbekistonliklardan rasmiy xabarlarni muntazam kuzatib borish, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va elchixona aloqa ma’lumotlarini doimo yonida saqlash so‘ralgan.
Erondagi O‘zbekiston elchixonasi aloqa ma’lumotlari:
Telefon: 22299780, 22832025
El. pochta: iri.uzembassy@mfa.uz
Isroildagi O‘zbekiston elchixonasi aloqa ma’lumotlari:
Telefon: 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075, 03-758-5076
Shoshilinch xabarlar uchun: 054 485 1397
El. pochta: il.uzembassy@mfa.uz
Eslatib o‘tamiz, bugun, 13 iyunga o‘tar kechasi Isroil Eronning bir qator yadro ob’ektlari va yuqori qo‘mondonlik binolariga hujum qilganini xabar qilgan edi. Ushbu hujum oqibatida bir qator eronlik qo‘mondonlar va yadroviy tadqiqotlar bo‘yicha olimlar halok bo‘lgani aytilmoqda.
Buning ortidan endi Isroilga raketa otilishi mumkinligi munosabati bilan O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatdagi o‘zbekistonliklarga tezkor ehtiyot choralarini ko‘rishni qat’iy tavsiya qilmoqda. Eron Islom Respublikasida istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan ham xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilish so‘ralmoqda.
Shuningdek, Eron havo hududining yopilishi munosabati bilan bir nechta reyslar Toshkentdagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi.
LiveBarchasi