AQŞ Eronning yadro dasturiga oid ma’lumot uçun $20 mln mukofot e’lon qildi
Olam
−
15:08 429 1 daqiqa
AQŞ Qurolli kuçlari Markaziy qömondonligi (CENTCOM) Eronning yadroviy dasturi haqida ma’lumot taqdim etganlik uçun 20 million dollargaça miqdorda mukofot berilişini, şuningdek boşqa joyga köçib ötişda yordam körsatiş imkoniyatini e’lon qildi. Bu haqda CENTCOM’ning X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida xabar berildi.
Xabarga köra, “Adolatga kömaklaşiş uçun mukofot” dasturi doirasida Eronning yadroviy dasturi böyiça ma’lumotlarga ega bölgan şaxslar pul mukofoti yoki köçiş uçun yordam evaziga uşbu axborotni bölişişlari mumkin.
Qömondonlik ma’lumotlariga köra, gap Eron yadroviy dasturi bilan boğliq ob’ektlar, uskunalar va xodimlar haqidagi axborot haqida bormoqda.
“Bunday ma’lumotlarni taqdim etganlik uçun 20 million dollargaça miqdorda mukofot, şuningdek köçib ötişda kömaklaşiş imkoniyati nazarda tutilgan”, deyiladi xabarda.
CENTCOM, şuningdek, tegişli ma’lumotlarni yuboriş mumkin bölgan “Adolatga kömaklaşiş uçun mukofot” dasturining rasmiy veb-saytiga havolani ham e’lon qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ rasmiylari rossiyalik xakerlar haqida ma’lumot berganlik uçun 10 million dollar miqdorida mukofot e’lon qilgandi.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr