AQSH rossiyalik xakerlarning “boshi uchun” $10 mln mukofot e’lon qildi

Olam

image

AQSH rasmiylari rossiyalik xakerlar haqida ma’lumot berganlik uchun 10 million dollar miqdorida mukofot e’lon qildi. Bu haqda kecha, 14 iyul kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Adliya vazirligi saytida xabar berildi.

Aniqlik kiritilishicha, ushbu mukofot Sankt-Peterburgdan bo‘lgan va muhim infratuzilma ob’ektlariga kiberhujumlar uyushtirishda gumonlanayotgan uch nafar rossiyalik xaker haqidagi ma’lumot uchun to‘lanadi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchilarga nisbatan kompyuter sohasidagi jinoyatlar, internet orqali firibgarlik va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish (pul yuvish) bo‘yicha sirtdan ayblov qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, xakerlar tomonidan foydalanilgan infratuzilma orqali AQSHdagi o‘nlab tashkilotlarga, jumladan, banklar, maktablar, shifoxonalar, davlat idoralari va mediakompaniyalarga hujumlar uyushtirilgan. Ko‘rilgan umumiy zarar o‘nlab million dollarni tashkil etmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya harbiy razvedkasi manfaatlariga ishlaydigan xakerlar guruhi ko‘plab mamlakatlarning harbiy va hukumat tuzilmalarini Wi-Fi routerlar orqali kuzatish bo‘yicha yirik kuzatuv kampaniyasi ortida turgani ma’lum bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing