Eron aholisi AQŞning yadroviy hujumiga tayyorlanyapti – OAV

Olam

−

image

Eron hokimiyati AQŞning yadroviy zarbasi xavfi fonida yadroviy ob’ektlar yaqinidagi hududlar aholisiga yod tabletkalarini tarqatmoqda va aholini ehtimoliy radiatsion avariyaga tayyorlamoqda. Bu haqda Eron Soğliqni saqlaş vazirligining ismi oşkor etilmagan xodimiga tayanib, “The Times” naşri yozmoqda.

Uning sözlariga köra, har bir uruş paytida preparat yadroviy ob’ektlardan 2–3 km radiusda tarqatiladi. Naşr hozirgi tarqatiş qaçon boşlangani va qaysi ob’ektlarni qamrab olganiga aniqlik kiritmagan.

Naşr suhbatdoşi uşbu ehtiyot çoralarini Amerika Prezidentiga bölgan işonçsizlik bilan izohlagan. 

“Trampga endi işonib bölmaydi. U oxirigaça borişi mumkin”, deydi.

“The Sun” naşri esa öz navbatida, Eron hokimiyati Natanz yaqinidagi Pikaks (Kirka, Köh-ye Kolang) toğida joylaşgan mustahkamlangan yerosti majmuasiga beriladigan zarba holati uçun videoyöriqnoma tarqatgani haqida xabar bermoqda. Aholiga bino içiga yaşiriniş, taşqariga çiqmaslik va yangiliklarni kutiş tavsiya etilmoqda. Rolikda aytilişiça, zarba atmosferaga radioaktiv tuproq va jinslarni otsa, şamol çangni katta masofalarga tarqatib yuborişi mumkin. Ob’ektga eng yaqin yaşaydiganlarda yaşiriniş uçun faqat 10–15 daqiqa vaqt qolişi mumkin.

Eron hokimiyati yod tarqatişni ilgari ham ötkazgan. Aprel oyida “Fars” agentligi Buşerdagi AES atrofida bu jarayon 2025 yil iyul oyidagi 12 kunlik uruşdan oldinroq boşlangani va u yerda jami 180 ming dona tabletka tarqatilgani haqida xabar bergan. Şu bilan birga, mulozimlar preparatni şifokorlar körsatmasisiz qabul qiliş mumkin emasligidan ogohlantiradi. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Eron davlat televideniyesi mamlakatga yadroviy zarba berilgan taqdirda aholi qanday harakat qilişi kerakligi haqida maxsus ogohlantiriş bergani haqida xabar qilingan edi. Xususan, fuqarolarga portlaş vaqtida qayerga yaşiriniş, özini radiatsiyadan qanday himoya qiliş va boşpanadan qaçon çiqiş mumkinligi böyiça tavsiyalar taqdim etilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing