Vens Eron bilan uruşni oçiqçasiga tanqid qildi
Olam
−
13:11 1034 3 daqiqa
AQŞ vitse-prezidenti Jey Di Vens Prezident Donald Tramp boşlagan Eron bilan uruşni oçiq tanqid qildi. Bu holat Respublikaçilar partiyasi Kongressga bölib ötgan oraliq saylovlarda mağlubiyatga uçraganidan keyin sodir böldi. Bu haqda “The Washington Post” naşri xabar berdi.
Ma’lumotlarga köra, Vens öz bayonotini e’lon qilişdan oldin uni Prezident bilan kelişmagan bölişi mumkin. Bu esa vitse-prezidentning Trampdan siyosiy jihatdan uzoqlaşişga harakat qilayotgani haqidagi taxminlarni keltirib çiqardi.
Vens X ijtimoiy tarmoqda qoldirgan bayonotida Respublikaçilar partiyasining saylovdagi mağlubiyatiga Eron bilan boğliq ommabop bölmagan uruş sabab bölganini ta’kidladi.
“Agar siz bu uruş bunga arzirdi, keyingi olti yil davomida Senatdagi köpçilik örnini yöqotiş ham şunga arzirdi, deb hisoblasangiz, marhamat”, deb yozgan Vens.
Biroq Tramp Eron bilan uruşni boşlaş töğri qaror bölganini ta’kidlaşda davom etgan. 4 noyabr kuni jurnalistlar bilan suhbatda: “Eron masalasida biz buni qilişimiz kerak edi va hozir ham şu işni davom ettiryapmiz”, deydi u.
Şuningdek, Tramp öşa kuni ertalab Vens bilan gaplaşganini ma’lum qilgan. Vitse-prezidentning bayonoti haqidagi savolga javob berar ekan, uning pozitsiyasini tuşunişini aytgan va: “Menimça, bu yaxşi böldi”, deya munosabat bildirgan. Tramp uruş oraliq saylovlarga ta’sir qilişini bilganini ham tan olgan, biroq öz qarorlarini himoya qilgan.
Qayd etilişiça, AQŞning xorijdagi harbiy aralaşuvlariga nisbatan uzoq vaqtdan beri ehtiyotkor pozitsiyani qöllab kelgan Vens Tramp Eron bilan uruşni boşlaganidan keyin uni himoya qilişda faollik körsatmagan. U hatto harbiy harakatlarni tugatişga qaratilgan urinişlarda ham iştirok etgan, ammo bu taşabbus muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
Vens 2028 yilda bölib ötadigan prezidentlik saylovlarida Respublikaçilar partiyasidan nomzod sifatida körsatilişi mumkin bölgan siyosatçilardan biri hisoblanadi.
Ayrim tahlilçilar fikriça, uning uruşni oçiq tanqid qilişi özining mustaqil siyosiy pozitsiyasini şakllantiriş va ma’muriyatning omma orasida qöllab-quvvatlanmayotgan qarorlari uçun javobgarlikdan çetda qolişga uriniş bölişi mumkin. Bunday qarorlar qatoriga migrantlarga qarşi reydlar va savdo bojlari ham kiradi.
Biroq Tramp bilan oçiq kelişmovçilikka boriş Vens uçun xavfli bölişi mumkin. Çunki Prezident öz atrofidagi siyosatçilardan an’anaviy ravişda sadoqat talab qiladi.
Ma’lumot uçun, 2028 yilgi prezidentlik saylovlarida iştirok etişi mumkin bölgan yana bir nomzod sifatida AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio ham tilga olinmoqda.
Amerika ommaviy axborot vositalarida uning ehtimoliy iste’fosi haqida taxminlar paydo böldi. Biroq Rubioning özi bu xabarlarni rad etdi. U “The New York Times” naşriga bergan intervyusida öz işini yaxşi körişini aytgan, ammo prezidentlik saylovlarida iştirok etiş ehtimoli haqidagi savollarga hozirça aniq javob bermagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Donald Tramp oraliq saylovlardan keyin milliy xavfsizlik böyiça maslahatçilari bilan Eron masalasiga bağişlangan ilk yiğilişni ötkazgani haqida xabar berilgan edi. Yiğiliş yakunida u Eronga qarşi keng kölamli harbiy zarbalarni qayta boşlaş yoki boşlamaslik böyiça tez orada qaror qabul qilişini bildirgan.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr