Tramp saylovlardan keyin Eron böyiça ilk yiğilişni ötkazdi
Olam
−
08:59 829 2 daqiqa
AQŞ Prezidenti Donald Tramp oraliq saylovlardan keyin milliy xavfsizlik böyiça maslahatçilari bilan Eron masalasiga bağişlangan ilk yiğilişni ötkazdi. Yiğiliş yakunida u Eronga qarşi keng kölamli harbiy zarbalarni qayta boşlaş yoki boşlamaslik böyiça tez orada qaror qabul qilişini bildirdi. Bu haqda “Axios” xabar berdi.
Naşr ma’lumotlariga köra, Tramp uçta variantni körib çiqmoqda: Eronga yangi zarbalar beriş, Tehronga nisbatan iqtisodiy bosimni kuçaytiriş yoki Eron jiddiy yon berişlarni nazarda tutuvçi kelişuvga erişiş.
“Endi qaror qabul qilamiz. Eronning yadroviy dasturini butunlay yöq qiliş va bu holat boşqa heç qaçon takrorlanmasligini kafolatlaş uçun harakatlarni davom ettirib, yangi zarbalar berişni xohlaymizmi?” degan AQŞ Prezidenti.
U mamlakatning qolgan qismini vayron qilişni istamasligini, biroq bunday imkoniyatni ham istisno etmasligini qöşimça qilgan.
“Tez orada hammasini bilib olasiz”, degan Tramp.
AQŞ va Isroil joriy yilning 28 fevral kuni Eronga qarşi harbiy operatsiya boşlagan. Bunga javoban Tehron Hormuz böğozida kemalar qatnovini tösib qöygan va önlab kemalarga hujum qilgan. Bu esa neft narxining keskin oşişiga sabab bölgan.
Iyun oyida AQŞ va Eron harbiy harakatlarni töxtatiş hamda böğozni oçiş böyiça memorandum imzolagan. Biroq keyinçalik tomonlar örtasida zarbalar almaşinuvi qayta boşlangan.
Joriy yilning 4 noyabr kuni Tramp respublikaçilarning saylovlardagi mağlubiyati Eronga qarşi uruş bilan boğliqligini tan olgan.
“Menimça, bu asosan haqiqat, çunki bu benzin narxining biroz, ammo qisqa muddatga oşişiga olib keldi”, degan u jurnalistlarga.
Eslatib ötamiz, avvalroq Eron Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy AQŞdagi oraliq saylovlar natijalari Vaşingtonning Tehronga nisbatan siyosatini özgartirmasligini bildirgan edi. U AQŞdagi siyosiy özgarişlardan umid qilayotganlar adaşayotganini aytib, Eronga qarşi yangi hujum sodir etilsa, ança keng kölamli javob qaytarilişi haqida ogohlantirgan.
Live
Barchasi