AQŞ tez orada Eronga kuçli zarba bermoqçi – OAV

Olam

−

image

AQŞ Prezidenti Donald Tramp jamoasi Eronga hujumlarni qayta boşlaş qarori ustida öylanmoqda. Ehtimoliy ssenariylardan biri – 9 noyabrda, yangi oy çiqqan paytda zarba beriş. Bu haqda “Fox News” xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga köra, Donald Tramp Eronga qarşi harbiy operatsiyalarni qayta boşlaş imkoniyatini muhokama qiliş uçun milliy xavfsizlik böyiça öz jamoasi bilan uçraşgan. Uşbu ma’lumotni “Fox News”ga yuqori lavozimli mulozimlar tasdiqlagan.

Ularning sözlariga köra, joriy yilning 4 va 5 noyabr kunlari Oq uyda tegişli majlislar bölib ötgan.

“9 noyabr kuni Yaqin Şarqda yangi oy çiqadi – bu oy yoğdusi deyarli bölmaydigan davr bölib, harbiy operatsiyalarni ötkaziş uçun qulay şaroit yaratadi”, deya manbalaridan iqtibos keltiradi telekanal.

Bungaça Tramp jurnalistlarga Oq uy harbiy harakatlarni qayta boşlaş böyiça qaror qabul qilayotganini ma’lum qilgan.

“Biz yanada içkariroq kirişimiz kerakmi – Eronning yadroviy dasturini uzil-kesil yöq qiliş va bunday holat boşqa heç qaçon takrorlanmasligini kafolatlaş uçun zarbalar berişimiz kerakmi? Imkon qadar mamlakatning qolgan qismini vayron qilmaslikni afzal körgan bölardim, ammo, ehtimol, töğri kelişi mumkin. Tez orada bilib olasiz”, deydi Tramp.

Eslatib ötamiz, avvalroq Donald Tramp oraliq saylovlardan keyin milliy xavfsizlik böyiça maslahatçilari bilan Eron masalasiga bağişlangan ilk yiğilişni ötkazgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing