Tixanovskaya rahmat aytish uchun AQSHga boradi

Olam

image

Belarus Respublkasida sobiq prezidentlikka nomzod Svetlana Tixanovskaya AQSHning hozirgi ma’muriyatiga ko‘mak uchun minnatdorlik bildirish maqsadida Vashingtonga borishini aytdi. 

“Umid qilamanki, inauguratsiya haftasida Vashingtonga hozirgi ma’muriyatga Belarus xalqiga yordam berishda ko‘rsatgan xizmatlari uchun shaxsan minnatdorlik bildirish uchun boraman. Shu bilan birga, yangi ma’muriyat bilan demokratiyaga o‘tishni osonlashtirish uchun mustahkam aloqalar o‘rnatishga umid qilaman”, deb yozgan u “Washington Post”da chop etilgan maqolasida.

Noyabr oyida AQSH Vakillar palatasi AQSH Prezidentiga Belarus Markaziy saylov komissiyasi a’zolari va Amerikada ommaviy axborot vositalariga bosim o‘tkazishda javobgar deb hisoblangan rasmiylarning kirishini cheklash huquqini beruvchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Kongress veb-saytida yozilishicha, qonun loyihasi Belarusga yordam berish imkoniyatlarini ham kengaytiradi va internet senzurasiga qarshi kurash, ayollar va siyosiy qochqinlarni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.

Agar qonun loyihasi ma’qullansa, AQSH Prezidenti Belarus Markaziy saylov komissiyasining a’zosi bo‘lgan har qanday chet el fuqarosi, mustaqil ommaviy axborot vositalariga qarshi harakatlarga aloqador bo‘lgan hukumat amaldori, mamlakatning rasmiy vakili yoki OAVga qarshi harakatlarda, qonun buzilishida faol ishtirok etgan Rossiya fuqarosining ham vizasini to‘sib qo‘yishi mumkin.

Avvalroq, prezident saylovlari natijalariga rozi bo‘lmagan Belarus muxolifati vakillari hokimiyat tranziti bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilganligini e’lon qildi. Muxolifat sobiq nomzod Svetlana Tixanovskayani Prezident etib saylangan deb hisoblaydi va mamlakatda yangi saylovlar o‘tkazilishi, shuningdek amaldagi hokimiyat bilan muzokaralar olib borishni talab qilmoqda. Belarus Bosh prokuraturasi hokimiyatni egallab olishga chaqiriqlar bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Svetlana Tixanovskaya AQSHning saylangan Prezidenti Jo Bayden bilan uchrashishini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tixanovskaya

Baholaganlar

161

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing