Lukashenko Tixanovskaya davlatdan qarzligini ma’lum qildi

Olam

image

Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskayaning davlat korxonasidan 15 ming dollar qarzi bor. Bu haqda Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi. 

“Ozgina qarzi bor. Bu holatda gap pulda emas”, degan Lukashenko teleboshlovchi Vladimir Solovyovga bergan intervyusida. 

Uning aniqlik kiritishicha, gap 15 ming dollar haqida ketmoqda. Tixanovskaya ularni qaytarib bermoqchimi, degan savolga Lukashenko “u bilan hech qanday aloqamiz yo‘q”, deb javob bergan. 

“Pochta orqali qaytarish mumkin edi, ayniqsa pullar xususiy korxonalardan emas, davlat korxonalaridan. Bizda uning pulni olganini tasdiqlash uchun hamma narsa bor. Shuning uchun u bu masalada jim turish yaxshiroq ekanini tushunadi. Men bu masalani ko‘tarmayman, lekin u ham jim”, deya qo‘shimcha qilgan Lukashenko. 

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil 9 avgust kuni Belarusda bo‘lib o‘tgan, Lukashenko oltinchi bor g‘alaba qozongan prezidentlik saylovlaridan so‘ng mamlakatda muxolifatning ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Muxolifat Tixanovskayani prezidentlik saylovlarida g‘olib deb hisoblaydi. Litvaga jo‘nab ketgan Tixanovskaya qator jinoiy ishlar bo‘yicha ayblanuvchi bo‘lib, terrorchilik faoliyatiga aloqador shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan. Minsk uni ekstraditsiya qilishni talab qilmoqda, biroq Vilnyus rad javobini bergan. Lukashenko bir necha bor G‘arbni Respublikadagi vaziyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashishda ayblab, tartibsizliklarni AQSH boshqarayotganini, yevropaliklar esa ular bilan “birgalikda o‘ynayotganini” ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Lukashenko Tixanovskaya

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing