Tixanovskaya Bayden bilan uchrashishni rejalashtiryapti
Olam
−
27 noyabr 2020 4832 1 daqiqa
Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya AQSHning saylangan Prezidenti Jo Bayden bilan uchrashishini e’lon qildi.
"Belsat" telekanaliga bergan intervyusida Tixanovskaya tez orada AQSHning saylangan Prezidenti Jo Bayden bilan uchrashishini va unda bu uchun taklifnoma ham borligini aytgan.
“Biz Jo Bayden bilan uchrashishni rejalashtiryabmiz, bunday uchrashuv uchun bizga allaqachon taklif bo‘ldi. Yaqin kelajakdagi rejalarimizda Buyuk Britaniya va Norvegiya ham bor”, degan Tixanovskaya.
Baydenning jamoasi va Oq uy esa Tixanovskaya bilan bo‘ladigan uchrashuv haqida hech qanday xabar bermagan.
Live
Barchasi