Tixanovskaya Lukashenkoning xavfsizligini ta’minlashga va’da berdi

Olam

image

Belarus Prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirsa, muxolifat uning xavfsizligini ta’minlashini ma’lum qildi. Bu haqda u Ukrainaning “Leviy bereg” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Tixanovskaya Lukashenko hokimiyatdan tinchgina ketsa, uning xavfsizligi kafolatlanadimi degan savolga javob qaytarib, agar u insoniylik qilib, o‘zi ketsa. Shunday bo‘lishi mumkinligini aytdi.

“Bu hammasi muhokama qilinyapti. Albatta, agar u tinch ketsa, shunday bo‘lishi mumkin. Hatto ishonch bilan aytish ham mumkin. Men hamma uchun gaprishim kerak. Bu masalada hammaning fikri inobatga olinishi kerak”, degan Tixanovskaya.

Lukashenkoning xavfsizligi haqida gapirib, muxolifat yetakchisi Prezident “yanada ko‘pini” qo‘lga kiritishini ma’lum qildi. Ammo u katta kafolat deganda nimani nazarda tutganiga aniqlik kiritmadi.

Ma’lumot uchun, Svetlana Tixanovskaya joriy yilning 9 avgust kuni Belarus prezidentligi uchun o‘tkazilgan prezidentlik saylovida oltinchi marta bu lavozimga da’vogar bo‘lgan Aleksandr Lukashenkoning asosiy raqibi bo‘ldi. Saylovning rasmiy e’lon qilingan natijasiga ko‘ra, Lukashenko 80 foizdan ko‘p ovoz oldi. Tixanovskaya esa 10 foizdan ko‘p ovoz to‘pladi.

Saylov o‘tkazilgan kuni kechasi Belarusdagi shaharlarda Lukashenkoga qarshi namoyishlar boshlandi. Bu namoyishlar bir oydan oshiq vaqtdan beri davom etyapti.

Bu orada Svetlana Tixanovskayaning o‘zi Belarusni tark etib, Litvadan boshpana topdi. Belarus muxolifatining boshqa yetakchilari ham mamlakatni tark etib, Ukrainaga joylashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' Svetlana Tixanovskaya

Baholaganlar

302

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing