Tixanovskaya AQSH Prezidenti bilan uchrashmoqchi. Baydenning jadvalida esa ushbu “uchrashuv” yo‘q 

Olam

image
Litva Tixanovskayani Belarusga topshirishdan bosh tortdi north_east

Litva Tixanovskayani Belarusga topshirishdan bosh tortdi

AQSH Prezidenti Jo Bayden va AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning jadvalida Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya bilan uchrashuv haqida so‘z yuritilmagan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bergan.  

“Jadvalda Davlat departamenti rahbarining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Viktoriya Nuland “uchrashuvlarda qatnashishi” aytilgan, ammo qanday ko‘rinishda ekanligi ko‘rsatilmagan”, deyilgan xabarda. 

Tixanovskaya esa AQSHga tashrifi davomida Amerika rahbari Jo Bayden va Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashishi kerakligini aytgan. U ushbu uchrashuvlarning tafsilotlari haqida batafsil ma’lumot bermagan. 

Qayd etilishicha, Belarus prezidentligiga sobiq nomzod kecha, 18 iyul kuni Vashingtonga yetib kelgan va allaqachon, Belarus diasporasi vakillari bilan uchrashgan. 

Suhbat davomida u yana prezidentlik saylovlarida ishtirok etishni rejalashtirmaganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda bu borada yaxshiroq ish olib boradigan “juda ko‘p professional menejerlar” bor. 

Avvalroq, siyosatchi AQSHga tashrifi chog‘ida Vashington, Nyu-York va Kaliforniyaga borishni rejalashtirgani hamda siyosatchilar, ekspertlar va diaspora vakillari bilan yuqori darajadagi uchrashuvlar o‘tkazmoqchiligi haqida xabar bergandik.  

Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi vaqtlarda Belarusda ichki siyosiy muvozanat buzilgan. Buning ildizi 2020 yilning avgust oyida mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlariga borib taqaladi. Saylov natijalariga ko‘ra, 80 foiz ovoz bilan Belarusni 1994 yildan beri boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenko g‘alaba qildi. Biroq ushbu natijalar aholining katta qismida shubha uyg‘otdi va muxolifatning chaqiruvi bilan mamlakatda namoyishlar boshlandi. 

Bir necha oy davom etgan miting va marshlar hech qanday foyda keltirmadi. Lukashenko hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab qoldi. Muxolifat hamda uning ko‘plab tarafdorlari esa Polsha, Litva kabi Yevropa davlatlariga qochib ketdi va u yerdan siyosiy boshpana topdi.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden Tixanovskaya

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing