Litva Tixanovskayani Belarusga topshirishdan bosh tortdi

Olam

image

Vilnyus sobiq prezidentlikka nomzod Svetlana Tixanovskayani Minskga topshirishdan bosh tortdi. Bu haqda Belarus Bosh prokurori Andrey Shved aytib o‘tdi.

“Hujjatlar keldi, men Litvaning uni (Tixanovskaya — tahr.) ekstraditsiya qilishdan bosh tortganini rasman tasdiqlashim mumkin”, deydi Shved “Belarus-1” telekanali efirida.

Bosh prokurorning qo‘shimcha qilishicha, ekstraditsiyani rad etishda hech qanday asos yo‘q. Belarus buning hech qanday qonuniy asoslarini ko‘rmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Litva mamlakatda o‘tgan yilning avgustidan buyon bo‘lib turgan Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskayaning idorasiga rasmiy diplomatik maqom bergan edi. 

Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi vaqtlarda Belarusda ichki siyosiy muvozanat buzilgan. Buning ildizi 2020 yilning avgust oyida mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlariga borib taqaladi. Saylov natijalariga ko‘ra, 80 foiz ovoz bilan Belarusni 1994 yildan beri boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenko g‘alaba qildi. Biroq ushbu natijalar aholining katta qismida shubha uyg‘otdi va muxolifatning chaqiruvi bilan mamlakatda namoyishlar boshlandi. 

Bir necha oy davom etgan miting va marshlar hech qanday foyda keltirmadi. Lukashenko hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab qoldi. Muxolifat hamda uning ko‘plab tarafdorlari esa Polsha, Litva kabi Yevropa davlatlariga qochib ketdi va u yerdan siyosiy boshpana topdi.


Maqola muallifi

Teglar

Tixanovskaya

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing