Tibbiyot xodimlarining ish haqi 2,5 baravarga oshirildi

Jamiyat

image
O‘zbekistonda xalqaro aviaqatnovlar 30 iyungacha tiklanmaydi north_east

O‘zbekistonda xalqaro aviaqatnovlar 30 iyungacha tiklanmaydi

Bugun, 29 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev pandemiya davrida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va narx-navo barqarorligini saqlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Yig‘ilish davomida Prezident mamlakat tibbiyot xodimlarining bugungi kunda kasallikka qarshi olib borayotgan mashaqqatli va o‘ta mas’uliyatli mehnatini munosib qadrlash va rag‘batlantirish uchun kuni kecha yana bir muhim qarorni imzolaganini ma’lum qildi. Qarorga ko‘ra, sanitariya-epidemiologiya xizmatining qariyb 11 mingga yaqin barcha toifadagi tibbiyot xodimlarining ish haqi 2,5 baravarga oshirildi.

Shuningdek, Prezident karantin qoidalarini o‘z vaqtida joriy etilgani va mamlakat aholisi unga sabr-toqat bilan amal qilayotgani tufayli ko‘plab tuman va shaharlarda infeksiya tarqalishiga yo‘l qo‘yilmaganini ham ta’kidlab o‘tdi.

Ta’kidlash joiz, bugungi selektorda Prezident bir qancha cheklovlarni yumshatish borasida qator topshiriqlar berdi. Shaxsiy avtotransportdan foydalanish va bolalarni uy atrofida sayr qildirish shular jumlasidandir.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda bemorlar soni 1969 kishini tashkil qilmoqda. Bugungacha bemorlarning 1096 nafari sog‘aygan, 8 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

300

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing