O‘zbekistonda xalqaro aviaqatnovlar 30 iyungacha tiklanmaydi
Jamiyat
−
29 aprel 2020
8751O‘zbekistonda barcha aviaqatnovlar joriy yilning 30 iyun sanasiga qadar qoldirildi. Mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida ushbu qarorga kelingan. Bu haqda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining bekor qilingan reyslariga chiptalarni qaytarib berish sotib olingan joyda amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston mart oyidan qator davlatlar bilan aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich to‘xtatdi. 24 martdan boshlab respublika ichidagi barcha aviaqatnovlarni noma’lum muddatga bekor qilganini ma’lum qilgan edi.
Shundan so‘ng, 30 mart kunidan O‘zbekistondagi mavjud barcha aeroportlar yopilib, aviaqatnovlar butunlay to‘xtatildi.
LiveBarchasi