“O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyot chiptalari uchun 30 foizdan 50 foizgacha chegirma e’lon qildi
Jamiyat
−
24 dekabr 2020
18447“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Yangi yil munosabati bilan chiptalar uchun 30 foizdan 50 foizgacha chegirma e’lon qildi. Bu haqda MAK Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, chegirmalar 1-3 yanvar kunlaridagi barcha mahalliy qatnovlar uchun amal qiladi.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ chegirmalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 3 dekabrdagi “2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy qilinganini eslatmoqda.
Yangi yil bayramini nishonlash davrida belgilanayotgan chegirmalar miqdoriga ko‘ra quyidagicha tasniflangan:
• individual yo‘lovchilar uchun - 30%;
• turistik guruhlar (5 va undan ortiq kishi), maktab, kollej, litsey o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, jumladan boshqa idoralarning maxsus o‘quv yurtlari talabalari va tinglovchilari uchun - 40%;
• oila (2 va undan ortiq kishi, ya’ni: er va xotin, er va xotin hamda ularning 18 yoshgacha bo‘lgan bolalari, 18 yoshgacha bolasi bo‘lgan ota yoki 18 yoshgacha bolasi bo‘lgan onalar) uchun - 50%;
• nafaqaxo‘rlar uchun - 50%;
• nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun - 50%;
• 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun - 50%;
• 1941-1945 yillardagi urush paytida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun - 50%;
• Chernobil AESidagi falokat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganlar uchun - 50%.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Milliy avikompaniyadan ancha mard chiqib, 28 dekabrdan 2021 yilning 10 yanvarigacha o‘quvchi va talabalar uchun 50 foizlik chegirmalar bergan edi.
LiveBarchasi