O‘zbekistonda karantindan keyingi ilk samolyot Koreyaga uchadi
Jamiyat
−
18 iyun 2020
11911O‘zbekiston va Koreya Respublikalari o‘rtasida aviareyslar rejalashtirilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyaning “Asiana Airlines” aviakompaniyasi tomonidan joriy yilning iyun-iyul oylarida bir nechta reys amalga oshiriladi.
Jumladan, 29 iyun, 6 iyul, 13 iyul, 20 iyul va 27 iyul kunlari Inchxon – Toshkent – Inchxon yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar bo‘ladi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ta’kidlashicha, mazkur reyslarga D-2 va D-4 (talaba) vizasi va E-9 (ishchi) vizasiga ega bo‘lganlar ham chiqishi mumkin.
“O‘zbekistondan Koreya Respublikasiga borish uchun alohida ruxsatnoma talab etilmaydi”, deyiladi xabarda.
Mazkur amalga oshiriladigan reyslar Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ruxsat berilgan bo‘lib, Koreyadan O‘zbekistonga qaytganlar fuqarolar 14 kunlik karantinga olinmaydi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston mart oyidan qator davlatlar bilan aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich to‘xtatdi. 24 martdan boshlab respublika ichidagi barcha aviaqatnovlarni noma’lum muddatga bekor qilganini ma’lum qilgan edi.
Shundan so‘ng, 30 mart kunidan O‘zbekistondagi mavjud barcha aeroportlar yopilib, aviaqatnovlar butunlay to‘xtatildi.
LiveBarchasi