Toshkentdan Isroilga parvozlar vaqtincha to‘xtatildi
Jamiyat
−
14 iyun 2932 1 daqiqa
Isroilning Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sababli joriy yilning 16 iyunidan 30 iyunigacha Toshkent – Tel-Aviv– Toshkent yo‘nalishidagi reyslar vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” xabar berdi.
Qayd etilishicha, bekor qilingan reyslarning yo‘lovchilarning aviabiletlar bo‘yicha majburiy qaytarib olish yoki keyingi sanalarga bepul qayta bron qilish uchun murojaat qilishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning Tel-Aviv shahridagi Ben-Gurion aeroporti va mintaqa havo makonining vaqtincha yopilishi munosabati bilan joriy yilning 15 iyun kuni amalga oshirilishi kerak bo‘lgan 9S 501/502 Samarqand-Tel-Aviv reysi bekor qilingandi. Shuningdek, Eron havo hududining yopilishi munosabati bilan Toshkentdan uchishi kerak bo‘lgan bir nechta reyslar bekor qilingandi. Bular “Flydubai” aviakompaniyasining Dubay - Toshkent - Dubay yo‘nalishi bo‘yicha FZ-1945/1946 reyslari, “Air Arabia” aviakompaniyasining Sharja - Toshkent - Sharja yo‘nalishi bo‘yicha G9-270/271 reyslari hamda “Asia Union” aviakompaniyasining Toshkent - Madina - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 7q-141/142 reyslari edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr