Rossiya O‘zbekistonning 8 ta shahriga parvozlarga ruxsat berdi
Jamiyat
−
12 mart 2021
47428Joriy yilning 10 mart kuni Rossiya Federal havo transporti agentligi (Rosaviatsiya) kompaniyalarga Kaliningraddan O‘zbekiston shaharlariga muntazam parvozlarni amalga oshirish huquqini berdi. Bu haqda Rosaviatsiya Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, parvozlar “Uralskiye avialinii” kompaniyasi tomonidan haftasiga uch martadan quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
• Kaliningrad — Qarshi;
• Kaliningrad — Buxoro;
• Kaliningrad — Samarqand;
• Kaliningrad — Farg‘ona;
• Kaliningrad — Nukus;
• Kaliningrad — Namangan;
• Kaliningrad — Navoiy;
• Kaliningrad — Urganch.
Xabarga ko‘ra, parvozlarga ruxsat berish to‘g‘risidagi Rosaviatsiyaning ushbu qarori xalqaro yo‘nalishlarda parvozlarni tiklash uchun asos bo‘la olmaydi. Ruxsat – bu aviakompaniyaning parvozlarni tiklashda foydalanishi mumkin bo‘lgan huquqi.
Avvalroq, Transport vazirining o‘rinbosari Jasurbek Choriyev O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aviaqatnovlar mart-aprel oylarida tiklanishi mumkinligini aytgan edi.
LiveBarchasi