Rossiya O‘zbekistonga qachondan aviaqatnovlarni tiklashi mumkinligi aytildi
Olam
−
08 iyun 2020
22567"Rosaviatsiya" agentligi "Rospotrebnadzor"ga 15 iyuldan xalqaro parvozlarni qisman ochish to‘g‘risida taklif yubordi. Dastlabki parvozlar MDH davlatlari, jumladan O‘zbekistonga bo‘lishi aytilmoqda. Bu haqda yirik aviakompaniyalardan biriga asoslanib, RBK nashri xabar berdi.
"Dastlab 15 ta mamlakatga parvozlarni qayta tiklashlari mumkin. Reyslar to‘g‘risida qaror yuqoridagi davlatlar Rossiyadan parvozlarni qabul qilishga rozilik berganidan keyin tasdiqlanadi", deyiladi xabarda.
Qisman tiklanadigan havo yo‘nalishlarini ochish to‘g‘risidagi taklifga o‘xshash ma’lumotni aviakompaniyadagi manbaga tayanib TASS agentligi ham bergan. Agentlikning xabar berishicha, "Rosaviatsiya" agentligining takliflari yirik aviatashuvchilar bilan bo‘lgan uchrashuvda shakllantirilgan. Bu Bosh vazir Mixail Mishustinning xalqaro havo qatnovini tiklash va sohani rivojlantirish bo‘yicha topshirig‘idan keyin sodir bo‘lgani aytilmoqda.
Rossiyaning "Interfaks" nashri xabariga ko‘ra, ular birinchi navbatda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi va MDH mamlakatlariga parvozlarni qayta boshlashlari mumkin. May oyi boshida "Aeroflot" vakili Yuliya Spivakova, optimistik prognozlarga ko‘ra, havo qatnovi yoz o‘rtalarida tiklanishi mumkinligini ta’kidlagan edi.
Ma’lumot uchun, Rossiya pandemiya sabab 27 martdan boshlab xalqaro reyslarni to‘xtatdi. Chet elda qolgan Rossiya fuqarolari o‘z vatanlariga qaytishlari uchun hukumatning qarorlariga binoan alohida parvozlar amalga oshirildi.
LiveBarchasi