Tesla Facebook’ni “quvib o‘tdi”

Olam

image

AQSHning elektr avtomobillari ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi bozor kapitallashuvi bo‘yicha Facebook ijtimoiy tarmog‘ini ortda qoldirdi. Bu haqda "Fox News" xabar bergan. 

Ma’lum qilinishicha, Tesla bozor qiymati bo‘yicha AQSHning beshinchi yirik kompaniyasiga aylangan. 

“Dow Jones” ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu kompaniyaning bozor qiymati 834 milliard dollarni, Facebook’niki esa, taxminan 643 dollarni tashkil etadi. 

Qayd etilishicha, elektromobillar ishlab chiqaruvchisi besh kunlik savdo davomida bozor kapitallashuvini 100 milliard dollardan ziyodga oshirgan. Tesla aksiyalari 12 kunlik savdolarda ko‘tarilgan.

Ma’lumot uchun, Tesla 2003 yilda Ilon Mask tomonidan tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla va SpaceX bosh direktori Ilon Mask Amazon rahbari Jeff Bezosni ortda qoldirib, dunyodagi eng boy odamga aylangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Facebook Tesla

Baholaganlar

146

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing