Termizdagi portlashda vafot etganlarning shaxsi aniqlandi
Jamiyat
−
09 aprel 2019
9371Kecha, 8 aprel kuni Termiz shahridagi ko‘p qavatli binolarning birida portlash yuz bergani, buning natijasida ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
FVV halok bo‘lgan ikki shaxsning kim ekanligiga oydinlik kiritdi. Ular “Termiz Orzu-omad” MCHJ rahbari qarindoshlari bo‘lgan:
1. Raxmatullo Abduraxmonov, (1958 y.)
2. Rajabali Imomaliyev, (1962 y.).
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Ma’lumot uchun, portlash soat 11: 30 larda Termiz shahri, A. Navoiy ko‘chasi, 10-uyning 1-qavatida joylashgan “Termiz Orzu-omad” MCHJga tegishli do‘konning qurilish mollari saqlanadigan yerto‘la omborida gaz va havo aralashmasining chaqnashi oqibatida sodir bo‘lganligi aytilgan edi.
LiveBarchasi