Termiz hokimi ham o‘zgardi
Jamiyat
−
23 may 19380 2 daqiqa
2022 yil sentyabr oyidan beri Termiz shahri hokimi sifatida ishlab kelayotgan O‘ktam To‘rayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rnini Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan Sharofiddin Lolayev egalladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 23 may kuni Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilgan. Sessiya ishida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, shaharni har tomonlama rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida so‘z yuritgan.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. O‘ktam Ismoilovich To‘rayev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Termiz shahri hokimi lavozimidan ozod qilindi. Viloyat rahbari taklif etgan nomzod – Sharofiddin Usanovich Lolayev deputatlar tomonidan Termiz shahri hokimi etib tasdiqladi.
Ma’lumot uchun, Sharofiddin Lolayev 1987 yilda Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2015 yilda Termiz davlat universitetini bakalavr, 2021 yilda magistr darajasini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i, bosh inspektori, birinchi o‘rinbosari, shuningdek, Denov tumani va Termiz shahar hokimining o‘rinbosari kabi mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. Tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
Boshqa ishga o‘tgan O‘ktam To‘rayev esa 1979 yilning 25 oktyabrida Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 2000 yilda Termiz davlat universiteti, 2002 yilda Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti, 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
U Termiz shahri hokimi bo‘lishidan oldin Muzrabot tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, Boysun tumani hokimi, Sariosiyo tumani hokimi, Qurilish vazirining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. U endilikda qaysi lavozimga tayinlangani hozircha ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 23 may kuni o‘tgan yili sentyabr oyidan beri Surxondaryo viloyatidagi Muzrabot tumanini boshqarib kelayotgan Alisher Qurbonov tuman hokimi lavozimidan ozod etilgandi. Uning o‘rnini shu paytgacha “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ direktori sifatida ishlab kelgan Abdulla Mamatqulov egalladi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr