Terakt sodir bo‘lgan majmua egasi holat bo‘yicha izoh berdi (video)
Olam
−
24 mart
32429Kecha, 23 mart kuni “Krokus Siti Holl” egasi, milliarder Aras Agalarov terakt haqida ilk bor jurnalistlarga izoh berdi. “RBK” nashri Agalarov o‘g‘li Emin va filial direktori Roman Grachev bilan birga favqulodda holat joyiga yetib kelganini ma’lum qildi.
"Dahshatli fojia yuz berdi va so‘nggi 20 yil ichida bunday narsa bo‘lmagan", degan asli Ozarbayjondan bo‘lgan rossiyalik milliarder.
Uning so‘zlariga ko‘ra, terrorchilar zalga eshikdan emas, qo‘shni ko‘rgazma markazi oynasi orqali kirgan. Terrorchilar nazoratchilarga qarata o‘q uzgan.
"Pulemyotlarni shay holatga keltirib, ular ko‘rgan hamma narsasiga qarata o‘q ota boshlagan. Hamma odamlarga, soqchilarga. Bir qo‘riqchi halok bo‘ldi, ikkinchisi yaralandi", deydi Agalarov so‘zida davom etib.
U hodisani umuminsoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan tushuntirib bo‘lmaydigan, deb atagan. Ayni paytda, “Krokus Siti Holl” konsert zaliga egalik qiluvchi Rossiyaning “Crocus International” kompaniyasi o‘zining rasmiy Telegram-kanalida yuzlab insonlar hayotiga zomin bo‘lgan terakt munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirgan.
“Biz butun Rossiya bilan birgalikda halok bo‘lganlar uchun motam tutamiz va ushbu dahshatli fojiada jabr ko‘rganlarning tezroq sog‘ayib ketishiga umid qilamiz. Ushbu og‘ir kunlarda biz hokimiyat va maxsus xizmatlarning zalvorli ishlarida, shuningdek, butun mamlakat bilan birgalikda terakt qurbonlariga yordam berish uchun qo‘limizdan kelganini qilmoqdamiz va qilamiz”, deyiladi kompaniya xabarida.
Avvalroq "Crocus Group" birinchi vitse-prezidenti, rossiyalik milliarder Aras Agalarovning o‘g‘li, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning sobiq kuyovi, xonanda Emin Agalarov "Krokus Siti Holl” konsert zalida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi va bu terakt uning oilasiga ham ta’sir qilganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, kecha Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 24 martni "Krokus Siti Holl"dagi teraktda halok bo‘lganlar xotirasiga milliy motam kuni deb e’lon qilgan edi.
LiveBarchasi