“Krokus”dagi terakt jabrlanuvchilari Agalarovlarning mol-mulkini tortib olishni talab qildi
Olam
−
23 Sentabr 10711 2 daqiqa
Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Xoll” konsert zalida sodir etilgan teraktda jabrlanganlarning advokatlari Tergov qo‘mitasiga Araz va Emin Agalarovlarning mol-mulkini tortib olish to‘g‘risida iltimosnoma kiritdi. Bu haqda RBK'ga qurbonlar vakillaridan biri Igor Trunov xabar berdi.
Advokatning so‘zlariga ko‘ra, da’vo Crocus Group egalariga tegishli bo‘lgan mulkka tegishli: “Krokus” AJ, “Krokus profi” xususiy qo‘riqlash kompaniyasi va “Crocus International” OAJ.
Trunovning ta’kidlashicha, “Krokus” AJ terrorchilik hujumi sodir bo‘lgan zaldagi yong‘in o‘chirish tizimlari va avariyadan chiqish yo‘llari uchun javobgardir. Tadbir Crocus Group tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, xavfsizlikni “Crocus Profi” xususiy qo‘riqlash kompaniyasi ta’minlagan.
“Biz ko‘chmas mulk va u bilan tuzilgan bitimlarning yagona davlat reestridan qanday mulk qolganini aniqlash uchun ma’lumotlarni so‘rayapmiz. Hozirda faol sotuvlar olib borilmoqda, chet elga pul o‘tkazilmoqda”, degan Trunov.
Uning aniqlik kiritishicha, ariza ikkita jinoiy ishdan biri bo‘yicha berilgan: birinchisi allaqachon sudga yuborilgan, ikkinchisi esa Tergov qo‘mitasi tomonidan tekshirilmoqda.
“Krokus”dagi terakt 2024 yilning 22 mart kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Hujumchilar binoga bostirib kirib, o‘t ochgan, keyin esa binoni yoqib yuborgan. Hujum oqibatida 149 kishi halok bo‘ldi, bir kishi bedarak yo‘qoldi, 609 kishi yaralandi.
Ertasi kuni Ukraina chegarasidan 100 km uzoqlikda joylashgan Bryansk viloyatida to‘rt terrorchi qo‘lga olindi. Tergov davomida ular hujumni Ukraina razvedka xizmatlari uyushtirganini tan olgan. Tashkilotchilar qidiruvga berilgan.
Mart oyida Crocus Group egasi Agalarov “Krokus Siti Holl” xavfsizlik xizmati pulemyotlar bilan qurollangan terrorchilarga qarshi ojiz ekanini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskva shahridagi Ikkinchi G‘arbiy okrug harbiy sudi Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Holl” konsert zalida sodir etilgan terakt bo‘yicha jinoiy ishning mazmun-mohiyatini ko‘rib chiqishni boshlagani xabar qilingandi. Prokuror ayblov xulosasini o‘qib eshittirgach, teraktni sodir etgan to‘rt nafar gumonlanuvchidan uch nafari o‘z ayblariga to‘liq, yana biri qisman iqror bo‘ldi.
Live
Barchasi