Tatariston Raisi Nukusga keldi
Jamiyat
−
07 noyabr 2023
6418Kecha, 6 noyabr kuni kechqurun Tatariston Raisi Rustam Minnixanov Qoraqalpog‘istonga keldi. Bu haqda "Tatar-inform" xabar berdi.
Rustam Minnixanovni Nukus xalqaro aeroportida Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanboy O‘rinbayev va Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov kutib olgan.
Qayd etilishicha, bugun, 7 noyabr kuni Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi qator korxonalarga tashrif buyuradi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston rahbariyati bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga safarini Tataristondan boshlagandi. U Qozon shahridagi “Kazan Ekspo” markazida ochilgan Tatariston sanoat salohiyati ko‘rgazmasiga borgan, Tatariston Raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashuvlar o‘tkazgan hamda Qozonning eng qadimgi qismi – UNESCO'ning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Qozondagi Kremlga borib, Qul Sharif masjidida bo‘lgan edi.